Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi yonida Cybertruck portlab ketdi. Bu ham terakt bo‘lishi mumkin (video)
Olam
−
02 yanvar
3582Kecha, 1 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida saylangan prezident Donald Trampga tegishli 64 qavatli Trump International mehmonxonasi kiraverishi yaqinida elektr Cybertruck pikap portladi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yaralandi. Tergovchilar portlashning aniq sababini hali aniqlamagan, biroq mashinadan pirotexnika vositalari topilgan. Politsiya halok bo‘lgan haydovchi qasddan portlash sodir etganmi yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Tadbirkor va Tesla egasi Ilon Maskning aytishicha, Las-Vegasda Tesla Cybertruck portlashi sababi elektr transport vositasining nosozligi bilan bog‘liq emas, favqulodda holat esa katta miqdordagi pirotexnika yoki portlovchi moslama borligi sababli sodir bo‘lishi mumkin.
"Portlash ijaraga olingan Cybertruck yuk mashinasida olib ketilayotgan juda ko‘p miqdordagi feyerverk yoki portlovchi moslama tufayli sodir bo‘lganini va bu transport vositasiga bevosita aloqador emasligini tasdiqlaymiz", deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
ABC News va CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Cybertruck bilan sodir bo‘lgan hodisa ehtimoliy terakt sifatida tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 yanvar kuni Amerikaning Nyu-Orlean shahrida mahalliy vaqt bilan taxminan 03:15 da yuk mashinasi haydovchisi Burbon va Ibervil turistik ko‘chalari kesishmasida bayram o‘tkazayotgan olomon ustiga katta tezlikda borgan va odamlarni bosib ketgandi. Oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
LiveBarchasi