Laporta Yamal uchun 250 mln yevrolik taklifni rad etdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi prezidenti Joan Laporta “Pari Sen-Jermen”ning Lamin Yamalni 250 million yevro evaziga sotib olish bo‘yicha taklifini rad etganini tasdiqladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

“PSJ ikki yil oldin Lamin Yamal uchun bizga 250 million yevro taklif qilgan. Biz ushbu taklifni rad etdik. U 17 yoshda edi ba’zilar bizni aqldan ozgan deb o‘ylashdi”, deya  Laportaning so‘zlarini keltiradi Romano.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal 2023 yil aprel oyidan beri “Barselona”ning kattalar jamoasida o‘ynab keladi. Ispaniyalik futbolchi 15 yosh 290 kunligida debyut qilgan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Joan Laporta Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing