Laporta “Milan” vingerini “Barselona”da ko‘rishni xohlamoqda

Sport

image

“Barselona“ prezidenti Joan Laporta “Milan” futbolchisi Rafael Leau transferiga qiziqmoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Laportaga Leauning o‘yin uslubi yoqadi va u murabbiylar shtabiga portugaliyalik vingerni sotib olish taklifini bergan. Ammo murabbiylar shtabi Leauning himoyaga qaytib yordam bera olmasligini va klubdagi boshqa futbolchilar undan-da ko‘proq foyda keltira olishini aytgan. 

Shuningdek, agar “ko‘k-anorranglilar” futbolchini sotib olishga uringan taqdirda ham “rossonerilar” vinger uchun 90 million yevro talab qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Leau “Milan” safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. 25 yoshli portugaliyalik vingerning narxi “Transfermarkt” portalida 75 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Milan Rafael' Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing