Laporta Messiga haykal o‘rnatilishini tasdiqladi
Sport
−
16:40 523 1 daqiqa
“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta “Kamp Nou”da Lionel Messiga haykal o‘rnatish rejasini tasdiqladi hamda klubning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandesning intervyusiga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda u “Mundo Deportivo” nashriga bergan intervyusida to‘xtaldi.
“Stadion qurilishi yakunlangach, biz Messiga haykal o‘rnatmoqchimiz va uning sharafiga xayrlashuv o‘yini tashkil etishni rejalashtiryapmiz”, deydi Laporta.
Shuningdek, u klubning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandesning fikrlarini tanqid qilgan.
“Xavi intervyularidan birida nega uni iste’foga chiqarganimni gapiribdi. U xotirjam bo‘lib qolgandi va professional hamda shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlay olmadi. U “Barsa” “Real Madrid” bilan raqobatlasha olmasligini aytdi va tarkibni o‘zgartirishni so‘radi. Shunda men Xaviga bunday ishlashni davom ettirib bo‘lmasligini aytdim”, deydi Laporta.
Avvalroq, Xavi Ernandes “Barselona” rahbariyatini o‘z faoliyati davomida jamoani kuchaytirish masalasida ikkilanib qolganini, shuningdek klubdan ketishiga oid ayrim tafsilotlarni ham oshkor qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi o‘z intervyusida Messining “Barselona”ga qaytishi deyarli hal bo‘lgan paytda Laporta hammasini bekor qilgani haqida ham aytib o‘tgandi.
Live
Barchasi