Lamin Yamal 91 yillik rekordni yangiladi
Sport
−
11:53 483 1 daqiqa
Lamin Yamal “Barselona” tarixida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijaga Ispaniya chempionatining ikkinchi turida “Rayo Valekano”ga qarshi uchrashuvda (5:2) ikkita gol kiritish orqali erishdi.
Kecha, 31 avgust uchrashuv kuni Yamal 19 yosh 49 kunlik edi. Avvalgi rekord egasi ispaniyalik hujumchi Xosep Eskola bo‘lib, u 1935 yilda 20 yosh 356 kunligida 50 ta gollik marraga yetgan.
“Barselona” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messi esa ushbu ko‘rsatkichni 21 yosh 120 kunligida qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Yamal “Barselona” tarbiya tizimi mahsuli hisoblanadi. Hujumchi 2023 yil aprel oyidan beri asosiy jamoa safida to‘p tepib kelmoqda.
U kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempionati (2023, 2025, 2026), ikki marta Ispaniya Superkubogi (2025, 2026) va bir marta Ispaniya Kubogi (2025) g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, Yamal Ispaniya terma jamoasi bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati va 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi