Lactalis xavfli toksin sababli O‘zbekistondan sut aralashmasini qaytarib oladi

Jamiyat

image

Fransiyaning yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Lactalis kompaniyasi tarkibida serulid toksini aniqlangan Picot bolalar aralashmasini 18 davlatdan, jumladan, O‘zbekistondan qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahsulotlar quyidagi davlatlarda savdodan olib tashlanadi: Avstraliya, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Kongo, Chexiya, Ekvador, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Quvayt, Madagaskar, Meksika, Monako, Ispaniya, Peru, Tayvan va O‘zbekiston.

Serulid toksini chaqaloqlarda og‘ir oziq-ovqat zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Fransiya rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, hozircha ushbu aralashmani iste’mol qilgandan keyin bolalar sog‘lig‘i yomonlashgani haqida shikoyatlar tushmagan.

Qayd etish joiz, so‘nggi haftalarda bolalar uchun sutli aralashmalar bozorida ommaviy qaytarib olish holatlari kuzatilmoqda. O‘tgan haftada Singapur rasmiylari Danone kompaniyasiga tegishli Dumex brendi ostidagi aralashmani savdodan olib tashlagan. Bundan tashqari, Nestlé France kompaniyasi tarkibida serulid bo‘lishi ehtimoli sabab Guigoz va Nidal bolalar aralashmalarining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nestlé O‘zbekistonda ham bolalar ovqatining bir nechta partiyasini ixtiyoriy ravishda qaytarib olayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lactalis Picot sut aralashmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar