Lablarni kattalashtirishga oshiqmang!

Salomatlik

image

XX asrda lablarni kengaytirishga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib bormoqda. Bunday muolajalar o‘ta ingichka lablar, lablarning tabiiy asimmetriyasi yoki mijozning o‘zini to‘laqonli his qilolmasligi holatlarini bataraf etishda qo‘llanib kelinmoqda. 

Lablarni kattalashtirishda ishlatiladigan gialuron kislotasi — hujayralar tarkibidagi asosiy modda hisoblanadi. Yosh ulg‘aygan sari organizmda uning miqdori kamayadi va bu hol yuzga ajinlar tushishi, burmalar paydo bo‘lishi, teri quruqlashishi va salqib qolishiga olib keladi. Zamonoviy ilm-fan esa organizmda gialuron yetishmasligini maxsus preparatlar yordamida to‘ldirish imkonini beradi.

Aksariyat ayollar orasida, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan “mutaxassis”lar orqali bu kabi muolajalarni qildirib, aziyat chekkayotganlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, go‘zallik salonlaridan lablariga gialuron kislotali in’eksiya qildirgan ayollar orasida, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Bu kabi vaziyatlar bemorlarga ma’naviy hamda moddiy aziyat yetkazadi. Shunday ekan, go‘zallashishga qaror qilishdan oldin shifokor dermatokosmetolog, dermotolog kabi mutaxassislar bilan maslahatlashishni unutmang. 

Ta’kidlash joizki, dudoqlarni kattartirish amaliyotini faqatgina dermatolog, kosmetolog, plastik jarrohlargina amalga oshirishlari kerak. Ular bunday amaliyotni bajarish texnikasi va ko‘nikmasiga ega.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing