La Ligaga qachon start berilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 2020 yilning 12 iyunida tiklanishi mumkin. Bu haqda “As” xabar bermoqda.

La Liga rahbari Xaver Tebasning so‘zlariga ko‘ra, klublar mavsumni qayta boshlash uchun dastlabki sana haqida allaqachon xabardor qilingan.

Manbada aytilishicha, agar pandemiya bilan bog‘liq vaziyat talab qilsa, turnirning tiklanishi bir haftaga qoldirilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan klublar xalqaro o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mavsumni ikki oy ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli Yevropadagi barcha futbol musobaqalari qoldirilgan edi. Shundan so‘ng, umumiy holatning yaxshilanayotgani inobatga olinib, musobaqalarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Bunga Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi, Angliya premer ligasi kabi turnirlarni misol qilsa bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Ispaniya

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing