La Liga. “Real” mag‘lub bo‘ldi, “Barselona” taxtga qaytdi

Sport

image

Kecha, 8 mart kuni La Liga doirasida 27-tur uchrashuvidan o‘rin olgan "Betis" - "Real Madrid" jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Sevilyaning "Betis" jamoasi o‘z uyida Madridning "Real" klubini qabul qildi. "Benito Vilyamarin" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, maydon egalari "Qirollik klubi"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va "Barselona"ni turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi.  

Ushbu uchrashuvda urilgan gollarga Sidney, Telo va Karim Benzema mualliflik qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Betis" tarkibida "Real" darvozasini ishg‘ol qilgan Kristian Telo 2012/2013 va 2013/2014 yilgi mavsumda Kataloniyaning "Barselona" jamoasida faoliyat olib borgan.

Ushbu turda Kataloniyaning "Barselona" jamoasi o‘z uyida "Real Sosedad"ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid La liga Betis

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing