La Liga prezidenti Janni Infantinoni tanqid qildi

Sport

image

La Liga prezidenti Xaver Tebasga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantinoning har ikki yilda Jahon chempionati o‘tkazish g‘oyasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U Infantino fikridan qaytmaydigan bo‘lsa, futbolni ikkita konfederatsiyaga bo‘lgan rahbar sifatida tarixda qolishini aytgan.

“Har ikki yilda bir marta Jahon chempionati bo‘lmaydi. Bu harakatlarning natijasi nima bo‘lishi mumkin, Infantino futbolni ikkita konfederatsiyaga bo‘lgan prezident sifatida tarixga kiradi. U UEFA va KONMEBOL'ni dunyoning qolgan qismidan ajratish ustida ishlamoqda. Yevropa va Janubiy Amerikada futbol industriyasi shunday sur’atda rivojlanganki, FIFA prezidenti xohlagani uchun har ikki yilda bir marta Jahon chempionati o‘tkazish bilan uni sindirib bo‘lmaydi”, degan Xaver Tebas.

Tebasning qo‘shimcha qilishicha, futbolchilarga klublar va ligalar maosh to‘laydi.

“U ba’zi federatsiyalarga mablag‘ ajratish imkoniga ega bo‘lish uchun daromadlarni oshirmoqchi. Aslida, bu uchun korrupsiya bo‘yicha jazoga tortish mumkin, ammo bunday bo‘lmayapti. Janni Infantino har ikki yilda bir marta futbolchilar Jahon chempionatida qatnashishni istaydi. Lekin futbolchilarga klublar va ligalar tomonidan maosh to‘lanadi. Ular chempionatlarda har ikki yilda emas, har haftada qatnashadilar”, degan La Liga prezidenti.

Avvalroq, futbolchilarning ham katta qismi ham Janni Infantinoning ikki yilda bir marta Jahon chempionati o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligi ayon bo‘lgandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing