Lempard murabbiylik faoliyatiga qaytishga yaqin turibdi 

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard  "Koventri" klubining bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar tez orada kelishuvga erishishi kutilmoqda. Lempardning bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi jamoasi 2022/2023 yilgi mavsumda “Chelsi” bo‘lgan.

Bundan tashqari, Frenk “Derbi Kaunti” va Everton” klublarida murabbiylik qilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Chelsi”dan tashqari “Vest Xem”, “Suonsi”, “Nyu-York Siti” va “Manchester Siti” klublarida o‘ynagan va 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. “Koventri” 17 o‘yindan keyin 17 ochko bilan Angliyada Premer-ligadan keyingi o‘rinda turuvchi Chempionship turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Frenk Lempard Koventri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing