Lempard ketgach, “Chelsi”ni kim boshqaradi?
Sport
−
26 aprel 2023 4492 1 daqiqa
“Chelsi” Frenk Lempardni mavsum oxirigacha iste’foga chiqarmaydi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” rahbarlari Lempardni yozgacha ishlashiga ruxsat berishni va keyin Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik mutaxassis “Chelsi” loyihasini o‘ziga mos deb hisoblamoqda va o‘z uslubidagi yosh jamoani shakllantirish niyatida.
Ayni vaqtda “Chelsi” va Pochettino o‘rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda.
Frenk Lempard Grem Potterning iste’foga chiqarilishi ortidan “Chelsi”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Lempard qaytganidan beri “Chelsi” ketma-ket 4 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr