Kvartirasida 16 mingdan ziyod “tabletka” saqlayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yangihayot tumanida ijaradagi uyida 16 249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlayotgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug‘ilgan shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16 249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam Telegram messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishi kerak bo‘lgan. 

Bildirilishicha, hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakati olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 4195 nafar shaxs ushlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangihayot kuchli ta'sir qiluvchi dori tabletka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing