Ko‘zlarga yosh qalqqanda! Ko‘chada, bekatda, chiqindixonada yashagan oddiy o‘zbeklar shukronasi
Jamiyat
−
21 aprel 2019
7860Yillar davomida chorasizlikdan qiynalib, topgani kun kechirish, qorin to‘ydirishdan ortmayotgan, og‘ir ahvolga tushib qolgan, oilaviy sharoiti sabab uysiz, boshpanasiz yurgan, yillar davomida ko‘chada, bekatlarda, hatto, chiqindixonalarda yashab yurgan oilalarning pok niyatlari Yaratganga yetib, ushaldi. Armon bo‘lib qolmadi.
Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan Sergelida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nochor oilalar va nogironlarga uylar qurilayotganidan xabaringiz bor. Oy boshida shunday uylarning 166 tasi egalariga nasib etdi. Bu uylar qimningdir tanish-bilishiga emas, haqiqiy nochorlarga berilgani yuqoridagi videodan ma’lum. Uni ko‘rib, ko‘zlarga yosh kelishi aniq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yo‘llanayotgan murojaatlar tahlil qilib ko‘rilganda, ularning aksariyati uy-joy muammolariga to‘g‘ri kelayotgani aniqlangan.
Aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joy bilan bog‘liq sharoitlarini yaxshilash maqsadida, 2018 yilning iyul oyidan Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 30 ga yer maydoni ajratilib, zamonaviy tipdagi 66 ta 7 qavatli uy-joylar, har birida 56 tadan xonadonga ega bo‘lgan jami 3696 ta xonadon qurilishi boshlangan edi.
Mazkur uy-joylarni avzalligi shundan iboratki, eng avvalo uylarni qurishda halqaro normalarga javob beradigan qurilish ashyolari va muxandislik texnikalardan foydalanilganligi, xonalar kengligi, yoruqlikni xona hududida bir hil tarqalishi, issiqlik va namlikni me’yorda saqlanishi, har bir xonadon alohida isitish tizimiga egligi, bu esa o‘z navbatida ushbu xonadonda yashovchi aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi.
Uylar bilan bir vaqtda tashqi muhandislik tizimlari – aloqa, gaz, elektr, kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq bitkazildi.Uylar oldida bolalar maydonchalari tashkil etilib, xududda obodonlashtirish va zamonaviy yo‘lakchalarni barpo etish ishlari olib borilgan.
Ushbu uylar birinchi navbatda nogironlarga, shuningdek, uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga vaqtincha yashab turish sharti bilan berilgan. Keyinchalik ipoteka krediti rasmiylashtirgan holda xususiy mulk sifatida egalik huquqi berilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, qurilayotgan uylar hududida maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika, dam olish joylari, avtomobil turargohlari va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi