“Ko‘zingni och!” Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Olam

image

Joriy yilning 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Armaniston-Yevropa Ittifoqi-AQSH" formatidagi uchrashuv Rossiya manfaatlariga ziddir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘z Telegram-kanalida yozdi.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, ushbu uchrashuvdan maqsad – Janubiy Kavkazda xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning mavjud mexanizmlarini zaiflashtirishga qaratilgan.

“Bunday voqealar bizda xavotir uyg‘otadi, chunki AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillari hamkorlarimizga ularning asosiy e’tibori faqat Rossiyaga qarshi dushmanlikdan iborat ekanligini uqtiradi”, deb yozgan u o‘z sahifasida.

Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, bunday uchrashuvlar mintaqadagi aksariyat mamlakatlardagi barqarorlikka tahdid soladi. Jumladan, AQSH va uning ittifoqchilari uchun Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamdo‘stlik emas, balki Janubiy Kavkazni urush o‘chog‘iga aylantirib, o‘zining buzg‘unchilik kayfiyatini sochish ko‘proq manfaatli.

"Rasmiy Yerevan o‘zini vaziyat qaysi tomonga og‘ayotganini tushunmayotgandek ko‘rsatishi ham jumboqli. Axir, butun dunyo ko‘z o‘ngida Armaniston o‘z xalqining tub manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan kollektiv G‘arbning qo‘g‘irchog‘iga aylantirilmoqda”, degan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Armaniston Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing