Kutilmagan xabar: Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi.

Bugun, 22 avgust kuni Turinning “Yuventus” klubi Italiya chempionatining 1-turida “Udineze” bilan bahs olib boradi. Ronaldu esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bu portugaliyalikning shaxsiy so‘rovi. 

Hujumchi yoz oxirigacha klubni tark etishga umid qilmoqda. Biroq, “Yuventus” hozircha Ronaldu uchun birorta klubdan rasmiy taklif olmagan. 

Avvalroq, bosh murabbiy Massimiliano Allegri Ronalduning “zebralar” safida qolish istagida ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Keksa sinora” safida 97 uchrashuvda maydonga tushib, 81 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing