Kutilmagan xabar! Ronaldu “Barselona”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik forvard jamoadagi vaziyatdan va “Qizil iblislar” rahbariyatidan norozi. Ronaldu o‘zining agenti Jorje Mendeshga agar vaziyat o‘zgarmasa, yangi jamoa izlash kerakligini aytgan. 

Mendesh “Barselona”ning hozirgi rahbariyati bilan yaxshi munosabatda va Ronalduni kataloniyaliklarga taklif qilishga tayyor. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi yangi hujumchi sotib olmoqchi ekani inobatga olinsa, klub Ronaldu variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ronaldu APL joriy mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 19 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan MYU turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. Ralf Rangnik shogirdlari peshqadam “Manchester Siti”dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ronaldu Xavi Man Yunayted Mendesh

Baholaganlar

2040

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made