Kusherboyev favqulodda holat e’lon qilib, keskin choralar ko‘rishni taklif qilyapti
Jamiyat
−
28 mart 2020
23305Bugun, 28 mart soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlar 104 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda virusdan sog‘ayganlar yo‘q, ammo ikki kishi vafot etdi.
Bugun kun davomida mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi kun tartibiga chiqdi. Ko‘plab mamlakatlarda allaqachon favqulodda holat e’lon qilingan. Jumladan qo‘shni Qirg‘izistonda ham. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev juda bo‘lmaganda Toshkent shahrida favqulodda holat e’lon qilish kerakligini aytib chiqdi.
“Viloyatlarni bilmadimu biroq Toshkent shahrining o‘zida ham odamlar karantin bo‘yicha cheklovlarni jiddiy signal sifatida qabul qilmayapti, tibbiy tavsiyalarga yuzaki yondoshmoqda. Niqob taqish, antiseptik vositalarni ishlatish, uch nafardan ko‘p bo‘lib to‘planmaslik kabi talablar ko‘pchilik uchun havoda qolayapti. Toshkent ko‘chalarida haliyam avtomobillar qaynab yotibdi.
Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi.
Favqulodda holat joriy etish va og‘ir bo‘lsa ham hammasini chetga surib, keskin choralar ko‘rishdan boshqa yo‘l ko‘rinmayapti”, deydi Rasul Kusherboyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. Shuningdek, joriy yil 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi.
LiveBarchasi