Kurtuaning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘ng oyog‘idagi mushak yirtilishi sabab bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Belgiyalik posbon Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat sabab tanaffusdan so‘ng Andrey Lunin bilan almashtirilgan edi. 

Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli futbolchi o‘yin oldidan qizish mashqlari vaqtida o‘ng oyog‘idagi mushakni cho‘zib olgan va shu sabab bahsni davom ettira olmagan.

O‘yindan so‘ng Kurtuaga bir kunlik dam berilgan va unga dastlabki tashxis qo‘yilgan. Uning maydonga qaytish muddati jarohat darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar jarohat jiddiy bo‘lsa, darvozabon “Atletiko Madrid”ga qarshi derbini o‘tkazib yuborishi, shuningdek, Chempionlar ligasi chorak finalida “Bavariya”ga qarshi har ikkala uchrashuvda ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol o‘tkazib yuborgan va 15 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Ayni paytda “Real Madrid” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini joriy yilning 22 mart kuni “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat Tibo Kurtua “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing