Kurtua Yevropa chempionatida ishtirok etmaydi

Sport

image

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasiga 2024 yilgi Yevropa chempionatida yordam bera olmaydi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

Gap shundaki, u terma jamoaning Yevro-2024 uchun qaydnomasiga kiritilmadi.  Darvozabon mavsum boshida jarohat olib, mart oyiga kelibgina mashg‘ulotlarga qaytgandi, biroq uning jarohati yana qaytalanib qoldi va Kurtua mavsum yakuniga yaqin maydonga tusha boshladi. 

2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, to‘rtta eng yaxshi 3-o‘rinni egallagan jamoalar 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirning pley-off bosqichi Olimpiya tizimi bo‘yicha musobaqadan mag‘lub bo‘lgan jamoalarni chiqarib tashlash bilan o‘tkaziladi.

Belgiya terma jamoasi Yevro-2024 dagi yurishini “E” guruhida Slovakiya, Ruminiya va Ukraina terma jamoalariga qarshi o‘yinlar bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tibo Kurtua Bel'giya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made