Kurtua “Real”ning “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindagi asosiy muammosini aytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

18 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Etihad” stadionida “Manchester Siti” Madridning “Real” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 5:1 hisobida zafar quchib, YeCHL finaliga yo‘l oldi.

“Real”ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua “Man Siti”ga qarshi o‘yindagi “Real”ning asosiy xatosini aytdi. 

“Katta muammo shundaki, biz hujumkor o‘yin qura olmadik. Imkoniyatlar yarata olmadik va “Siti” o‘zini yanada qulay his qildi. O‘tgan mavsumda bizga kichik detallarda omad kulib boqqandi, ammo bu mavsumda unday bo‘lmadi. Tanaffusda uchrashuvning borishini o‘zgartira olishga ishonchimiz komil edi. Lekin biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik va bu qimmatga tushdi. Batafsilroq tahlil qilish uchun men o‘yinni yana ko‘rib chiqishim kerak. “Siti” ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda, jumladan, milliy chempionatda ham. Shuning uchun maksimal kuchimizni berishimiz kerak edi”, deydi Kurtua.

YeCHLning dastlabki finalchisi bu Italiyaning “Inter” klubi hisoblanadi. 10 iyun kuni Istanbulda “Man Siti” va “Inter” musobaqa bosh sovrini uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Tibo Kurtua “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing