Kurtua aybini tan oldi
Sport
−
09 aprel 2025 9014 1 daqiqa
“Real”ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Raysning Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida urilgan ikkita golida o‘zini aybdor deb biladi. Bu haqda Kurtua o‘yindan keyin “Movistar”ga bergan intervyusida aytdi.
“Men jonli devorni yaxshi joylashtirganman, deb o‘yladim. Men odatda qo‘shimcha o‘yinchi qo‘yardim. Buning uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman, qo‘shimcha o‘yinchi qo‘yishim mumkin edi, lekin Rays to‘pni bu darajada aylantira oladi, deb o‘yladim. Ikkinchi gol esa ajoyib bo‘ldi. Hech qanday xavf bo‘lmaganda ham keraksiz follar ko‘payib ketdi”, deydi Kurtua.
Ma’lumot uchun, “Real” va Londonning “Arsenal” klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni “Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlo Anchelotti keyingi o‘yinda Realning kombek qilish imkoniyatiga to‘xtalgandi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr