Kurtua ham “Barselona” bilan o‘yinda qatnashmaydi

Sport

image

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohat oldi va endi u “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, posbonning mushaklarida jarohat aniqlangan.  32 yoshli belgiyalik darvozabon madridliklarning La Ligadagi navbatdagi o‘yinini – 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 11-tur doirasidagi “Barselona”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Kurtua mushaklardagi muammolar tufayli bir necha hafta oldin “Real”ning 2 ta o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. O‘shanda ukrainalik posbon Andrey Lunin Madrid jamoasi darvozasini himoya qildi. Lunin joriy mavsum Real safida 2 o‘yinda 1 ta gol o‘tkazib yubordi. Katta ehtimol “El klasiko”da ham aynan Lunin “qirollik klubi” darvozasini qo‘riqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” hujumchisi Rodrigo ham “Barselona” bahsda ishtirok etmasligi xabar qilingandi. 

“Borussiya” bilan o‘yidan keyin braziliyalik futbolchida jarohat aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Tibo Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing