Kurskning Ukraina bilan chegaradosh tumani evakuatsiya qilinmoqda
Olam
−
15 avgust
4987Rossiyaning Kursk viloyati tezkor shtab-kvartirasi Glushkovskiy tumanining barcha aholisini majburiy evakuatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.
“Mahalliy aholining chiqib ketish jarayonini muvofiqlashtirish huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy ma’muriyat va Kurskdagi “Patriot” markazining xodimlariga yuklangan. Hurmatli vatandoshlar, mavjud vaziyatga to‘g‘ri tushunishingizni hamda xavfsizlik kuchlari va mahalliy hokimiyatlarning barcha tavsiyalariga amal qilishingizni so‘rayman”, deydi Smirnov.
Glushkovskiy tumani Kursk viloyatining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. U Sudjanskiy tumani bilan chegaradosh bo‘lib, u yerda 6 avgust kuni Ukraina armiyasi bilan janglar boshlangan. Tuman ma’muriy markazi – Ukraina bilan chegaradan 10 km, Kurskdan 150 km uzoqlikda joylashgan. 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, tuman aholisi soni 17558 nafarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga hujum boshladi. Mintaqada federal favqulodda holat va aksilterror operatsiyasi joriy qilingan.
LiveBarchasi