Kurskka qilingan hujumlar oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
20 avgust
4609Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga qilgan hujumlari oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tibbiy xizmatlarga tayanib, TASS xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hujumlari oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, 140 dan ortiq jabrlangan. 75 kishi shifoxonaga yotqizilgan, shulardan 4 nafari yosh bolalar.
Ma’lumot uchun, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga hujum boshladi. 9 avgust kuni mintaqada federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi. 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Milliy aksilterror qo‘mitasi Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida terrorizmga qarshi operatsiya rejimini joriy qildi. 12 avgust kuni Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh Krasnoyarujskiy tumanida evakuatsiya boshlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida yashovchi o‘zbekistonliklarga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Kurskdagi 92 aholi punktini nazorat qilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi