Kurskdagi operatsiya o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi “o‘z vazifasini bajardi”. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy 14 mart kuni Kiyevda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk hujumi natijasida Rossiya armiyasi o‘z kuchlarining bir qismini Xarkov va Pokrovsk yo‘nalishlaridan olib chiqib ketgan. 

“Natijada u yerda vaziyat barqarorlashdi va Rossiya endi Pokrovskni yana ishg‘ol qilish imkoniyatini topishi juda qiyin bo‘ladi”, deb hisoblaydi Zelenskiy.

AQSH Prezidenti Donald Tramp ham kecha, 14 mart kuni Kursk viloyatidagi vaziyatni sharhlab, Truth Social'da post qoldirgandi.

“Ayni damda minglab ukrainalik askarlar Rossiya armiyasi tomonidan to‘liq qurshab olingan va ular juda yomon va himoyasiz ahvolda. Men Prezident Putindan ularning hayotini saqlab qolishni qattiq iltimos qildim. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan dahshatli qirg‘in bo‘lardi. Barchasini xudo qo‘llasin”, deb yozdi u. 

Bunga javoban Vladimir Putin Kursk viloyatida qurolini tashlab, taslim bo‘lgan ukrainalik askarlarga hayot va harbiy asir sifatida muomala qilish kafolatlanishiga va’da berdi.

Qayd etish joiz, avvalroq, Putin Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida u yerda qo‘lga olingan ukrainalik harbiylarga terrorchi sifatida munosabatda bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi esa o‘zining Telegram-kanalida Ukraina qo‘shinlarining Kursk yaqinida qurshovga olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi va u yerda sodir bo‘layotgan voqealarni bo‘linmalarning “qayta to‘planishi” deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing