Kurskda janglar davom etmoqda

Olam

image

Kecha, 6 avgust kuni ertalab soat sakkizda Ukraina armiyasining 300 ga yaqin xodimi Kursk viloyatining Nikolayevo-Darino va Oleshnya aholi punktlari hududlarida Rossiya pozitsiyalariga hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining 22-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy xizmatchilari 11 ta tank va 20 dan ortiq zirhli jangovar texnikalar bilan qatnashmoqda.

“Davlat chegarasini qoplagan qo‘shinlar Rossiya FXX chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda Sumi viloyatidagi davlat chegarasi va qo‘riqxona hududidagi hujumlarni qaytaradi va dushmanga qarata o‘q uzadi”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlikka ko‘ra, Rossiya armiyasi Sumi viloyatidagi Basovka, Juravka, Xoten, Yunakovka, Belovodiy va Xrapovshchiniy aholi punktlari hududlarida ukrainalik harbiy xizmatchilar va texnikaga hujum qilgan. Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining 16 ta texnikasini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning aytishicha, hudud o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan: Sudja shahrida yashovchi fuqaro va Korenevskiy tumani Komarovka qishlog‘ida bo‘lgan ikki haydovchi.

Ukraina hozircha Kursk viloyatidagi janglar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing