Kurskda asirlar almashish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda – FT
Olam
−
15 avgust
5253Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumidan so‘ng, Rossiya Ukraina bilan asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumi paytida yuzlab rus askarlarini asirga olgan. Rossiya mahbuslarni almashish masalasini muhokama qilish uchun Ukrainaga murojaat qilgan.
Ukraina parlamentining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets Rossiya unga harbiy asirlarni almashish masalasini muhokama qilishni boshlash uchun murojaat qilganini allaqachon aytgan.
“Kiyev Kursk operatsiyasi chog‘ida qo‘lga olingan rossiyalik mahbuslarning aniq sonini oshkor etmayapti, biroq hukumat rasmiylari va Kursk chegarasidagi askarlar “Financial Times” ga ularning soni yuzlab ekanini aytishdi”, deb yozmoqda nashr.
Manbaga ko‘ra, asirlar orasida Kiyevning yashirin bosqinining dastlabki bosqichida Ukraina qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan ko‘plab yosh harbiy xizmatchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 avgust kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Georgiy Tixi Kiyevdagi brifingda Rossiya “adolatli tinchlik” va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy taklif qilgan “tinchlik formulasi”dagi shartlarga rozi bo‘lganda, Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi hujumni to‘xtatishini aytgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi