Ko‘rinmas obe’ktlarni suratga oluvchi fotokamera ixtiro qilindi

Texnologiya

image

Amerikalik olimlar shaffof ob’ektlarni hamda zarba to‘lqinlari yoki lazer pulslari kabi ko‘rinmas jarayonlarni suratga oladigan qurilma yaratishdi. Bu haqda Science Advances yozmoqda.

Qurilma o‘zida soniyasiga trillion marta suratga oluvchi yuqoritezlikdagi kamerani va faza-kontrastli mikrokskopni jamlagan.

Ushbu texnologiya harakatning boshidan so‘ngigacha bo‘lgan jarayonni bitta tasvirga joylay oladi. 

Qurilma takomillashtirilganidan so‘ng, uni fizika, kimyo va biologiyaning ko‘plab yo‘nalishlarida qo‘llash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, olimlar signalning neyronlardan o‘tish jarayonini suratga olishdan umid qilishmoqda.

Aytish mumkinki, bu texnologiyani ishlab chiqarish haqidagi gap-so‘zlar 2017 yildayoq boshlangan edi. Yaponiya, Fransiya va amerikalik olimlarning dastlabki urinishlari besamar ketdi. Hindistonlik fizik olimlar ham shunga o‘xshash texnologiya ixtiro etishgan, ammo real hayotga tatbiq eta olishmagan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fotokamera

Baholaganlar

124

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing