Ko‘rfaz xavfsiz bo‘lmay qoldi. Eron yana bir tankerni asir oldi

Olam

image

Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK Eron armiyasining sara otryadi) Fors ko‘rfazida yana bir xorijiy tankerni qo‘lga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“IIPKning dengiz bo‘linmasi Fors ko‘rfazida arab davlatlarining biridan kontrabanda neft olib ketayotgan xorijiy tankerni qo‘lga oldi. U 700 ming litr yonilg‘ini olib ketayotgandi. Kema bortida 7 nafar turli davlat fuqarolari bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Bundan avval 19 iyul kuni Eron harbiylari Fors ko‘rfazida Buyuk Britaniyaning Stena Impero tankerini qo‘lga olgandi. Kema bortida 23 nafar dengizchi bo‘lgan. Harbiylar uni bir nechta qoidani buzgani uchun to‘xtatganini iddao qilgandi.

Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazidagi vaziyat AQSH Eron yadro dasturidan chiqqanidan keyin yomonlashdi. AQSH dasturdan chiqib, Eronga nisbatan sanksiyalarni tikladi. Shuningdek, Eron neftining Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Turkiyaga eksportini taqiqladi.

Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan yangi ikki tomonlama shartnoma tuzmoqchi. Unda Amerika Eronning faqatgina yadro bilan bog‘liq faoliyatdan emas, raketa dasturi va xorijdagi harbiy harakatlardan ham voz kechishiga erishmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron tanker

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing