Nurmuhamedov: “Men Habibman, koronavirus emas”
Sport
−
04 aprel 2020
10552Yengil vazn toifasida UFC chempioni dog‘istonlik Habib Nurmuhamedov va meksikalik Toni Fergyuson jangi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. Toni Fergyusonga qarshi qoldirilgan jang atrofidagi vaziyat haqida Habib Nurmuhamedov izoh berdi.
"Dunyoda tentaklik davom etmoqda. Men AQSHda 40 kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Keyin Toniga qarshi jang Abu-Dabida o‘tkazilishi haqida xabar keldi. U yerga jamoam bilan yetib bordim. Ammo Abu-Dabiga kirishning imkoni bo‘lmadi. Koronavirus pandemiyasi sabab chegaralar yopilgan ekan. Shunday qilib Dog‘istonga qaytdim va tayyorgarlikni u yerda davom ettirdim. Men Habibman, koronavirus emas. Toni ham xuddi shunday ahvolda, u mendan farq qilmaydi.
Barcha musobaqalarni bekor qilishdi, faqat bizning jangimiz qoldirilmadi. Hozir hamma uyda karantinda o‘tiribdi. Toni Fergyusonga qarshi jang bekor qilinishini bilaman. Asosiysi, bu emas. Dunyoda minglab insonlar koronavirus sabab vafot etmoqda. Barcha mamlakat chegaralari yopilgan. Qayerda jang o‘tkazishimiz mumkin? Hech qayerda. Shuning uchun ham uyda qoldim", dedi Habib Nurmuhamedov.
Habib Nurmuhammedov UFC'dagi professional faoliyati davomida 28 marotaba oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Toni Fergyuson UFC'da professional faoliyati davomida 28 marotaba jang o‘tkazgan. O‘tkazilgan janglarning 25tasida g‘alaba qozongan va 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 098 762 nafarni tashkil etyapti. 59 172 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 228 923 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi