Ko‘p qavatli uylar devorida Olimpiada g‘oliblariga atab mural yaratiladi

Sport

image

Tokio-2020 Olimpiadasida sovrinlarga ega chiqqan O‘zbekiston sportchilarning g‘alabalarini ko‘p qavatli uylar devorida mural ko‘rinishida tarixga muhrlash rejalashtirilmoqda. O‘zbek rassomlari, “Novda Group” illyustratorlari shunday taklif bilan chiqdi.

Loyihaga ko‘ra, faqatgina Tokio-2020 Olimpiadasi g‘oliblarining emas, afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina murali ham ko‘p qavatli uy devoriga muhrlanadi. Tokio-2020 Chusovitina faoliyatidagi 8-Olimpiada bo‘ldi. U o‘z sport turi bo‘yicha bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi.

E’tiboringizga “Novda Group” tomonidan Olimpiada chempionlari mavzusiga bag‘ishlab yaratilgan mural konsepsiyalarini taqdim etamiz.

Mualliflarning ta’kidlashicha, ushbu asar sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati uchun o‘ziga xos yodgorlik va hurmat timsoli, shuningdek O‘zbekisston mustaqilligining 30 yilligiga sovg‘a bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyul – 8 avgust kunlari Tokio shahrida XXXII Olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston vakillari Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin medal sohibi bo‘ldi. Davlat Bobonov (dzyudo) va Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar 9 avgust kuni Vatanga qaytdi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas’ullar kutib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing