O‘zbekiston hukumati va Bosh prokuraturadagi o‘zgarishlar, Mirziyoyevaning Besh tashabbus bo‘yicha strategiyasi va kunning eng muhim xabarlari sharhi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tarixiga o‘zgarishlar, evrilishlar kuni sifatida yozilsa ajabmas. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, biroz vaqt o‘tib Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Keldi-ketdilar bugunga yetarlicha bo‘ldi. Ertaga, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tishi aniq. Kuzatamiz, yana qanday "syurpriz"lar bizni kutib turibdi.

Elmira Bositxonova yana Xotin-qizlar qo‘mitasi раиси bo‘ldi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib avval shu lavozimda ishlagan Elmira Bositxonova tasdiqlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilindi.

Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Rsepublkiasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Tanzila Norboyeva bu lavozimda 2016 yil 15 dekabrdan beri faoliyat yuritib kelayotgandi.


Saida Mirziyoyeva Prezidentning Beshta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha strategiyani taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, dasturlarni boshqarish ofisining asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuror bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinladi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Adliya vaziri, Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga raislik qilib kelayotgandi.

Prezident Otabek Murodovni Bosh prokuror lavozimidan chetlatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror Otabek Murodovni o‘z lavozimidan ozod qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq:
Otabek Baxritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etilsin”, deyiladi Prezident farmonida.

Otabek Murodov O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 31 yanvardagi PF-5320-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangandi.

Murodov Adliya vaziri o‘rinbosari va Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham ishlagan.

Sobiq Bosh prokuror 1975 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Qashqadaryoda fuqaro o‘z qarindoshini urib o‘ldirib qo‘ydi.

Joriy yilning 18 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 37 yoshli A.Q. Oq qishloq mahalla hududida o‘zaro janjal tufayli qarindoshi 41 yoshli O.X.ni tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan.

Hodisa natijasida O.X. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. A.Q. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Namangan viloyati hokimining Mo‘minov Sadritdin Zokirovichni tuman hokimi etib tayinlanlash to‘g‘risidagi qarori Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Mo‘minov Sadritdin 1970 yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini moliya-kredit yo‘nalishida tamomlagan.

Birovning Captiva'siga atay zarar yetkazgan IIB xodimiga nisbatan ish ochildi.

Kecha, 19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi ko‘p qavatli uy oldidagi yo‘lakka tashlab ketilgan Captiva rusumli avtomobilning orqa chap eshigi va chap qanotini temir buyum bilan tirnagani aks etgan video e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 17 iyun kuni taxminan soat 8.10 da sodir bo‘lgan. Yashnobod tumani ichki ishlar xodimi D.S. o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomobilda xizmatga ketmoqchi bo‘lgan vaqtda yo‘lda turgan Captiva rusumli avtomobil sababli yo‘lga chiqa olmagan va yuqoridashi holat sodir bo‘lgan.
 
Ta’kidlanishicha, IIO xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Toshkent shahar IIBB o‘z xodimining xunuk qilg‘iligi uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing