“Ko‘mir ta’minot” hududiy rahbari 50 ming dollar pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
15 noyabr 2023
11136“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Toshkent viloyati filiali boshlig‘i, muqaddam sudlangan shaxs mazkur korxonaning Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan.
DXXning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJ direktori o‘rinbosari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.