Kumanni qo‘llab-quvvatlayman va ishonaman – Joan Laporta
Sport
−
09 Sentabr 2021 3279 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Kumanni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayman va hurmat qilaman. Ronald buni biladi. Agar u to‘satdan xato qilsa, men uni tuzatishga urinaman. Shu bilan birga, men asosiy tarkib qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurimdan voz kechmayman. Men hali ham murabbiyimizga ishonaman. U sport masalalarida katta tajribaga ega”, deydi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Kumanning “Barselona” bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. La liga joriy mavsumida “Barselona” 7 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Jamoa Yevropa Chempionalar ligasi “Ye” guruhida “Bavariya” (Germaniya), “Benfika” (Portugaliya) va “Dinamo Kiyev” (Ukraina) jamoasi bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi