Kulgi ustasi Yevgeniy Petrosyan 78 yoshida ota bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
13 mart
2609578 yoshli rossiyalik qiziqchi Yevgeniy Petrosyan uchinchi marta ota bo‘ldi. Uning 35 yoshli rafiqasi Tatyana Bruxunova ijtimoiy tarmoqlarda oila a’zolari soni yana bittaga ko‘payganini ma’lum qildi.
Bruxunova oilaviy suratni o‘z sahifasida e’lon qildi va unga “Mening baxtli 35 yoshim” deb izoh qoldirdi. Suratda Petrosyan va Bruxunova chaqaloqni qo‘llarida ushlagan holda, yonida esa 4 yoshli o‘g‘li Vagan o‘tirgani tasvirlangan. Er-xotin chaqaloqning ismini oshkor qilmadi. Fotosuratga ko‘ra, u bir necha oylik.
Ma’lumot uchun, Yevgeniy Petrosyanning birinchi turmushidan 55 yoshli Viktorina ismli to‘ng‘ich qizi bor, u hozir AQSHda yashaydi.
Tatyana Bruxunova – qiziqchining beshinchi rafiqasi bo‘lib, er-xotin munosabatlarini 2019 yil dekabr oyida rasmiylashtirgan. Juftlik o‘rtasidagi yosh farqi 44 yosh. 2020 yil 13 martda ularning o‘g‘li Dubayda tug‘ildi. Bolaga qiziqchining otasi sharafiga Vagan ismini qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Statistika agentligi O‘zbekistonda bir yil davomida 60 va undan yuqori yoshdagi 819 nafar erkak farzandli bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi