Kuleba ertaga Xitoyga boradi
Olam
−
22 iyul
4512Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.
“Bild” nashrining yozishicha, Xitoy, Ukrainaga bostirib kirishiga qaramay, Rossiya bilan yaqin siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni davom ettirmoqda. Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari Pekinni Rossiya agressiyasini qoralamaganlikda va Rossiyaga fuqarolik va harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama mahsulotlarni yetkazib berishda davom etayotganlikda ayblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOga qo‘shilish uchun mamlakat yana 75 yil kuta olmasligini aytib, mamlakat alyansga a’zo bo‘lsagina tinch uxlashini aytgandi. Shuningdek, Kuleba Rossiya bilan muzokaralar bo‘lishini, ammo bu Kreml tomonidan qo‘yilgan ultimatumlarsiz amalga oshishini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi