Ko‘ksaroyda Vengriya Bosh vazirini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, kecha, 29 mart kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekiston-Vengriya oliy darajadagi muzokaralarida qatnashish uchun Toshkentga keldi. Bugun, 30 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosim avvalida ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. 

Shundan so‘ng, Prezidentlar bir-birlariga delegatsiyalar a’zolari, vazirlarni tanishtirdilar. 

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orbanning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralardan kutilayotgan asosiy natijalardan biri – O‘zbekiston bilan Vengriya munosabatlari sifat jihatidan yangi bo‘lgan strategik darajaga chiqishidir.

Tashrif yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlari Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyot, energetika, ta’lim, madaniyat, mintaqalararo hamkorlik va bandlikka oid 10 ga yaqin hujjat qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Vengriya Viktor Orban

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing