Ko‘ksaroyda Robert Fitso tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun. 9 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Slovakiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Fitso kecha, 8 iyun kuni kechqurun O‘zbekistonga kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Bugun, 9 iyun kuni u "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Slovakiya delegatsiyasi vakillariga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Fitsoga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamrohlik qildi. Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Slovakiya Ko'ksaroy Robert Fitso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing