“Ko‘ksaroy” qarorgohi direksiyasi tashkil etildi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2020
8817O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi “Ko‘ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi tashkil etildi. Direksiya hududini obodonlashtirish uchun 10 turdagi avtotransport va maxsus texnika xaridiga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Bu haqda O‘Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kecha, 26 oktyabr kuni qabul qilingan qarorda aytilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi “Ko‘ksaroy” qarorgohi davlat muassasasining hududida hududlarni obodonlashtirish, noyob manzarali navlarni, mevali bog‘larni saqlab qolish, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi, irrigatsiya va sug‘orish tizimlariga sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘rsida”gi Hukumat qarori bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko‘ksaroy” qarorgohi davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasi tashkil etildi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko‘ksaroy” qarorgohi davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 4 nafardan iborat bo‘ladi.
Direksiya direktori bir vaqtning o‘zida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga yuklangan.
LiveBarchasi