“Ko‘ksaroy”da Erdo‘g‘anni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+videoreportaj)
Jamiyat
−
29 mart 2022
15697“Ko‘ksaroy” qarorgohida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an delegatsiyalar a’zolari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya Respublikasi Prezidentlarining yakkama-yakka muloqoti bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Prezidentlar o‘zbek-turk xalqlari do‘stligini ifoda etish maqsadida ko‘chat ekishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘tgan olti yil ichida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashriflarining uchinchisidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 2018, 2020 yillarda rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lgan. Shuningdek, 2021 yilning noyabr oyida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy davlatlar tashkiloti)ning 8-sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga borgandi.
LiveBarchasi