Ko‘kdala hokimi kubogidagi janjal bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida futbol bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasida janjal yuz bergani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, norozilik aks etgan holat bo‘yicha hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra ushbu holat yuzasidan jabrlangan va jarohatlanganlar yo‘q.

Holat tegishli tashkilotlar nazoratiga olingan bo‘lib tez orada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Biroq hokimlik ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘kdaladagi holat deya tarqalgan videodagi janjal Qashqadaryoning boshqa bir tumani Qamashida tashkil etilgan mahalliy futbol o‘yinlaridan birida yuz berganini qo‘shimcha qilgan.

“Buni Ko‘kdala tumanidagi “Hokim kubogi” o‘yinlaridagi holatga umuman aloqasi yo‘q. Ijtimoiy tarmoq faollaridan ma’lumot tarqatayotganda aniqlik kiritib keyin tarqatishlarini so‘ragan bo‘lar edik”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing