“Ko‘k, ko‘k, ko‘k”. Qibrayda jizzaki tarbiyachi 4 yashar bolani urib, dars o‘tdi 

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda bog‘cha tarbiyachisi yosh bolani urib, dars o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda asabiy bog‘cha opa yosh boladan turfa rangdagi kubiklar orasidan ko‘k ranglisini olib berishni talab qilar ekan, qo‘rqib qolgan murg‘ak tarbiyalanuvchiga "jazo" qo‘llayotganini ko‘rish mumkin. 

Tekshiruv natijasida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Logo bilim” ta’lim markazida tarbiyachi bolani urib, dars o‘rgatayotgani aniqlangan. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, pedagog 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B.ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D. tomonidan murojaat kelib tushgan. 

"Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan 5 dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi", deyiladi bu haqdagi munosabatda.

O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogikaga zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jizzaki tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar