Ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 8 iyun kuni qabul qilingan qarori bilan “Respublika ko‘chmas mulk ob’ektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish  tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, respublika ko‘chmas mulk ob’ektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan ob’ektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

Respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’ekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

•    respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

•    manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi);

•    mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan ob’ekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart; 

•    respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

•    ob’ektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.


Maqola muallifi

Teglar

ko'chmas mulk

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing