Kuchli yomg‘ir sabab Paxtachidagi ko‘prik cho‘kib qoldi

Jamiyat

image

Kecha,28 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi Samarqand viloyati Paxtachi tumanining asosiy ko‘chalaridan biri 4 K 560 "Boltali - Bog‘oloni - Ziyovuddin" avtomobil yo‘lining 12-13 kmlari oralig‘idagi zovur ko‘prigi katta talofat ko‘rdi. 

Tuman hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu ko‘prikdan avtomobillar, hamda piyodalarning ham o‘tishi taqiqlanadi.

Bundan tashqari: 

  • 4 R 185 "M-37 avtomobil yo‘lidan Qarnabota qishlog‘iga kirish"; 
  • 4 N 533 "Xumor-Po‘latchi-Jag‘alboy"; 
  • 4 R 52 va 4 K 561 "Quyiboq Paxta zavodi-Shag‘al zavodiga kirish" avtomobil yo‘llari ham tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi sababli yopilgan.

Avvalroq, kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Samarqand viloyatining turli tumanlarida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Paxtachi

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing