Kuchli yomg‘ir oqibatida “Qamchiq” dovonini loy va qum qopladi (video)
Jamiyat
−
10 may
9645Kuchli yog‘ingarchilik tufayli "Qamchiq" dovoni yo‘li loy va qumtoshlar bilan qoplandi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan.
"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazoratga olingan", deyiladi xabarda.
Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilayotgani aytilmoqda.
Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochilishi kutilmoqda.