Kuchli beshlikda kim ko‘p gol kiritgan?

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi kuchli beshlik chempionatlari orasida eng ko‘p gol kiritish bo‘yicha ikkinchi futbolchi bo‘lib turibdi. Leo La Liga bahslarida “Barselona” safida 447 marta maydonga tushib, 416 ta gol kiritgan.

Bu borada birinchi ko‘rsatkichni Krishtianu Ronaldu qayd etib turibdi. Portugaliyalik forvard Portugaliya premera ligasi, Angliya premer ligasi, Ispaniya premerosi va Italiya A seriyasida jami 539 ta o‘yinda maydonga tushib, 418 gol kiritgan.

Har bir bahslardagi o‘rtacha gollar bo‘yicha argentinalik forvard portugal yulduzidan sezilarli darajada ustunlik qilmoqda. Qolaversa, Messi Ronaldudan  ikki yosh kichik va milliy chempionatlardagi debyutini ham ikki yil kech nishonlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing