Kuchli beshlik ligalaridan takliflar bor – Behruz Karimov
Sport
−
01 iyul 16968 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimovga kuchli beshlik ligalarida ishtirok etuvchi bir nechta klubdan takliflar bor. Bu haqda futbolchining o‘zi Toshkent xalqaro aeroportida jamoani kutib olish marosimida so‘z ochdi.
Futbolchining aytishicha, hozirda unga kuchli beshlik ligalarida ishtirok etuvchi bir nechta klubdan takliflar bor va ular bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, u o‘ziga eng maqbul variantni tanlashini bildirdi. Karimov o‘z orzusi sifatida “Real Madrid” klubini tilga oldi.
“Birinchi o‘yinda Kolumbiya bilan o‘yinda 80 mingdan ortiq Kolumbiya muxlislari bo‘lsa-da, lekin bizning muxlislar 90 daqiqa davomida darvozamiz orqasida baqir-chaqir qilib turdi. Buni eshitib, bizda shu muxlislar uchun ham o‘ynashimiz kerak degan tuyg‘u bo‘ldi. Albatta, harakatingizga yarasha bo‘ladi. Qo‘limizdan kelgancha harakat qildik va bu harakatni ko‘paytirib, Xudo xohlasa, yaxshi natija ko‘rsatamiz”, deydi Karimov.
Ma’lumot uchun, Behruz Karimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir a’zosi Jahongir O‘rozov faoliyatini Germaniyaning “Borussiya Myonxengladbax” klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi