O‘rozovga Germaniyaning yetakchi jamoasi qiziqmoqda – OAV

Sport

image

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Germaniyaning “Borussiya Myonxengladbax” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning nufuzli “Kicker” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Borussiya M” klubi markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yosh va istiqbolli futbolchilarni kuzatishda davom etmoqda. Ana shunday nomzodlar qatorida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etgan 22 yoshli markaziy himoyachi Jahongir O‘rozov ham bor. Klub skautlari O‘rozovni “Borussiya” transferlar ro‘yxatiga kiritilgan bir necha istiqbolli himoyachilardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Jahongir O‘rozov hozirda Samarqandning “Dinamo” sharafini himoya qiladi. 22 yoshli himoyachining camarqandliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Jahongir O‘rozov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etdi. U Kolumbiya bilan 13 daqiqa, Kongo DR bilan 82 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing