Kuboksiz qolgan argentinaliklar Buenos-Ayresda janjal chiqardi
Sport
−
20 iyul 9452 1 daqiqa
Argentinaning Buenos-Ayres shahri markazidagi Obelisk maydonida Jahon chempionati munosabati bilan o‘tkazilgan ommaviy bayramlar chog‘ida kamida 15 kishi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “La Nación” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasining Jahon chempionati finalida Ispaniyaga mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng bir guruh shaxslar shaharda tartibsizlik keltirib chiqargan. Xususan, muxlislar mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlariga shisha idishlar va toshlar uloqtira boshlaganidan so‘ng politsiya vaziyatga aralashishga majbur bo‘lgan. To‘qnashuvlar oqibatida kamida uch kishi turli darajada jarohat olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyatni nazoratga olish uchun mahalliy politsiya namoyishchilarni tarqatish maqsadida ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan va to‘qnashuvlar oqibatida bir qancha odamlar turli darajada jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.
Live
Barchasi